Lukashenko saylov oldidan belarusliklarni namoyishlar oqibatidan ogohlantirdi (video)
Olam
−
23 noyabr
4318Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko 2025 yil yanvar oyida bo‘ladigan prezidentlik saylovida ommaviy norozilik yuz bersa internetni butunlay o‘chirib qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda uning ma’muriyatiga yaqin bo‘lgan “Pul pervogo” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Belarusda 2020 yilgi prezident saylovi natijalari e’lon qilinganidan keyin ommaviy noroziliklar chog‘ida internetning keng miqyosda o‘chirilishi Aleksandr Lukashenkoning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
“Agar bu takrorlansa, internetni butunlay o‘chirib qo‘yamiz. Ochiq aytaman, bu deyarli har doim mening ruxsatim bilan sodir bo‘lgan. Oldimizda ikkita muammo bor edi va ularni o‘lchab ko‘rishimizga to‘g‘ri keldi...”, deydi Lukashenko.
“Nasha Niva” nashri manbalariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenkoning navbatdagi prezidentlik muddati uchun qayta saylanishidan oldin kuchishlatar tuzilmalar oldiga saylovlardan oldin yoki ovoz berish vaqtida norozilik bildirish ehtimoli bo‘lganlarni “filtrlash” vazifasi qo‘yilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlarda oldindan tintuv qilish va qo‘lga olish uchun mo‘ljallangan shaxslarning ro‘yxati tuzilgan.
Shuningdek, kuchishlatar tuzilmalar saylovlarning “hech qanday ko‘ngilsiz hodisalarsiz” o‘tishini ta’minlashi kerak, jumladan, norozilik varaqalari tarqatish, ovozlarni shaffof hisoblash talablari yoki Lukashenko nomzodiga qarshi chiqishlar kuzatilmasligi zarur.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Lukashenko o‘zining yettinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan edi. Belarus parlamentining quyi palatasi navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025 yilning 26 yanvarida bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
LiveBarchasi