Lukashenko Rossiyadan “insof” talab qilyapti
Olam
−
04 fevral 2020
9190Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Rossiya Federatsiyasidan jahon narxlarida neft sotib olishga tayyorligini, ammo ular kompaniyalarga yana alohida xaq berishni talab qilayotganini aytdi. Bu haqda bugun, 4 fevral kuni mamlakat sharqidagi Dobrush shahriga safari chog‘ida aytdi.
"Hozir biz ruslardan nimani so‘ramoqdamiz? Bizga neftni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi narxlari bo‘yicha sotishni istamasalar hech bo‘lmasa jahon narxida sotishsin", dedi Belarus rahbari.
Hozirda Yevropa bozorlarida gaz narxi 100 dollar atrofida bo‘lib turganda Rossiya o‘z yon qo‘shnisiga uni 127 dollardan taklif qilmoqda.
"Biz ham dunyoda nimalar bo‘layotganini ko‘rib turibmiz. Shuning uchun, biz sizni boqyapmiz deb ovoz ko‘tarishning hojati yo‘q. Savdo aylanmasidan ko‘rinib turibdi aslida qanday ekanligi. Bizda tashqi savdoda saldo salbiy ko‘rsatgichga ega. Rossiya bilan 9 milliard dollar. Ya’ni biz ularga 9 milliard dollar beramiz.
Hozirda belaruslar Rossiyadan qarz olishni so‘ramayapti, shunchaki hamkorlik taklif qilmoqdalar. Shuning uchun biz qo‘rqmasligimiz kerak. Biz o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishimiz kerak. Biz yangi avlodga (o‘tgan yillarda Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirish uchun) qilgan ishimizni davomli ravishda yetkazishimiz kerak", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Belorussiyaga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo, Amerika kompaniyalari Belarusning neftga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga tayyor ekanligini aytgan edi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi