Lukashenko Putin va’dasini bajarmaganidan shikoyat qildi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlat Oliy davlat kengashi yig‘ilishi yakunida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qrimga usiz borganidan shikoyat qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Vladimir Vladimirovich menga hammasini va’da qilgandi: o‘zi bilan olib ketishni, Qrimni ko‘rsatishni, lekin bugun u ketdi va menga birga borishni taklif qilmadi. Shuning uchun men Oliy davlat kengashi a’zolari oldida turib shikoyat qilyapman”, deya hazil qilgan Belarus Prezidenti.

Shuningdek, u Ukraina Belarus samolyotlari uchun havo hududidan uchib o‘tishni taqiqlanganini, “shu sababdan Qrimga Ukraina orqali borish imkoni yo‘qligini, u yerda esa mulklar va boshqa muammolar borligini” ta’kidladi.

Lukashenko Putin bugun tashrif buyurgan Sevastopoldagi yodgorlikni ko‘rishni xohlayotganini ham qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga Belarus Prezidenti Putinni Minskda va o‘zining kichik vatanida (Vitbesk viloyati) kutayotganini aytib o‘tdi.

Bunga javoban Putin uni Qrimga taklif qildi. “Biz sizni bu yerda ko‘rishimizdan bag‘oyat xursand bo‘lar edik”, dedi u.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Belarus Ittifoqchi davlat tuzish navbatdagi muzokaralarni o‘tkazdi. Unda 28 ta hujjat qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

344

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing