Lukashenko Putin bilan uchrashish uchun shoshilinch ravishda Peterburgga uchib keldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 13 iyul kuni Sankt-Peterburgda uchrashadi. Bu haqda Belarus rahbarining rasmiy saytida xabar berilgan.  

“Davlat rahbarlari turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro masalalarni muhokama qiladi”, deyilgan xabarda. 

Belarus rahbarining matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu tashrif davlat rahbarlarining dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muntazam ravishda shaxsiy uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyotini davom ettiradi. 

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

“Bugun Sankt-Peterburgda Putin va Lukashenko o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi”, degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Lukashenko oxirgi marta joriy yilning may oyi oxirida ko‘rishgan. Belarus Prezidenti 28 may kuni Sochiga tashrif buyurib, 3 kun Prezident Putin huzurida bo‘ldi. Bu vaqt davomida ular yopiq eshiklar ortida bir qator masalalar yuzasida soatlab suhbatlashdi. OAVga e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va pandemiyaga qarshi kurash, Rossiya tomonidan Belarusga 500 million AQSH dollari miqdorida kredit taqdim qilinishi hamda 23 may kuni Minskga qo‘ndirilgan Gretsiyaning Afinasidan Litvaning Vilnyus shahriga uchib ketayotgan “Ryanair” aviakompaniyasining samolyoti xususida gaplashgan. 

Lukashenkoning Sochiga tashrifi chog‘ida soatlab davom etgan muzokaralardan tashqari ikki davlat rahbari o‘rtasida norasmiy uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Tafsilotlarga keladigan bo‘lsak, ular 54 metrli “Chayka” yaxtasida Qora dengizda sayohat qilgan. Qayd etish kerakki, Lukashenkoga kenja o‘g‘li Nikolay hamrohlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing