Lukashenko Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga bordi
Olam
−
01 avgust 4620 1 daqiqa
Belaruslik Aleksandr Lukashenko bugun, 1 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sank-Peterburgga bordi. Bu haqda Lukashenkoga yaqin bo‘lgan “Pul Pervogo” kanali xabar berdi.
Lukashenkoni aeroportda Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko kutib oldi. Belaruslik mehmon rasmiy kiyimda emas edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenko va Putin yakkama-yakka formatda norasmiy muhitda uchrashuib, Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish, ittifoq loyihalari, xalqaro kun tartibi va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga oid masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Putin va Lukashenko oxirgi marta jori yil iyun oyi oxirida Minskda Yevroosiyo iqtisodiy forumi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida uchrashgan.