Lukashenko Putin bilan maxfiy uchrashish uchun Moskvaga kelyapti...mi? Kreml tilga kirdi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko maxfiy tarzda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga uchib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarlarga Kreml rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, Putin va Lukashenkoning hech qanday shoshilinch uchrashuvi belgilanmagan.

“Jadvalda bunday uchrashuv yo‘q”, deyiladi Kreml Matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgustida Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 26 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko ham ishtirok etib, 80 foizdan ortiq ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.

Buning ortidan Minsk va boshqa shaharlarda namoyish boshlandi. Hukumat namoyishchilarni tarqatish uchun OMON bo‘linmasini ishga soldi. Shunga qaramay har kuni kechasi Minskda odamlar namoyish uyushtiryapti. Oxirni vaqtlarda olomon yo‘llarda harakatni to‘xtatib qo‘yishga urinyapti.

Namoyishni tarqatish vaqtida ko‘plab odamlar hibsga olindi. Ularning orasida turli OAVning jurnalistlari ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

447

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing