Lukashenko prezidentlikdan ketsa, Tixanovskaya unga kichik uy beradi
Olam
−
24 fevral 2021
6885Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya davlat rahbari Aleksandr Lukashenko lavozimini tark etsa, uni ta’minlab turishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
"Bu muzokaralar natijasi bo‘lishi kerak edi, ammo, agar hamma narsa faqat menga bog‘liq bo‘lsa, unda terrorni to‘xtatish uchun bunga roziman", degan Tixanovskaya.
Tixanovskaya Lukashenkoga qanday yordam berishini ham ochiqlagan.
Agarda Lukashenko lavozimidan ketsa, Tixanovskaya unga "shaxsiy qo‘riqchisi bo‘lgan kichik uy" berishni rejalashtirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda Prezident saylovlari 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, unda Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. Muxolifat nomzodlarining barcha shtab-kvartiralari rasmiy natijalarni tan olmasligini e’lon qildi. Shundan so‘ng, mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.
LiveBarchasi