Lukashenko Pashinyanning ismini aytmay, g‘iybatini qildi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kecha, 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) sammitida tashkilotning ayrim a’zolari bayonotlari va harakatlari provokatsion ekanligini aytdi. U gap aynan kim haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, kesatiqlari sammitda qatnashishdan bosh tortgan a’zo davlat – Armanistonga qaratilganini payqash qiyin emas edi. 

“Biz bir stol atrofida to‘planganimizning o‘zi davr muammolariga munosib javob berishimiz, ularni baholashimiz va birgalikda qarshi turishga tayyor ekanligimizdan dalolat beradi. Ayrim hamkorlarimiz ommaviy bayonotlarda ham, provokatsion xarakterdagi xatti-harakatlarda ham norozilik bildirayotgani birinchi navbatda ularning muammosidir”, deydi Belarus fuqarosi.

Uning fikricha, agar shikoyatlar bo‘lsa, ular haqida ommaviy axborot vositalarida jar solish emas, balki bir-birining ko‘ziga qarab aytish kerak.

“Bu mas’uliyatsizlik va uzoqni ko‘rmaslik”, deydi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT bo‘yicha hamkorlar o‘z mas’uliyat zonasidagi barcha qiyinchiliklarni yengishga qodir. 

“Va biz buni qilamiz. To‘liq bo‘lmasa-da, ayniqsa, so‘nggi paytlarda juda ko‘p ish qilyapmiz”, deydi u.

KXSHTning Minskdagi sammiti tashkilot va Armaniston munosabatlari yomonlashgani fonida o‘tdi. Pashinyan avvalroq KXSHTni 2021 yil mayi va 2022 yil sentyabr oylarida Baku bilan to‘qnashuvlar vaqtida Yerevanga yordam bermaganlikda ayblagan edi. Shu fonda Armaniston KXSHTdan mamlakatga yordam berish masalasini kun tartibidan olib tashlashni so‘radi va Pashinyanning o‘zi Lukashenkoga Minskka borish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Armaniston Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi rahbarlari sammit oldidan tashkilot tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda qatnashmadi. Respublika parlamenti spikeri Alen Simonyan dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan KXSHT Parlament Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Avvalroq Armaniston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi elchisini chaqirib olgan va yangisini tayinlamagan edi. Ayni paytda Yerevan tashkilotni tark etmoqchi emasligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston Aleksandr Lukashenko KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing