Lukashenko Mirziyoyev yuborgan urug‘lardan qovun yetishtirdi
Olam
−
24 Sentabr 2019
8114Belarusda yig‘im-terim ayni avjida. G‘alladan keyin navbat sabzavotlar va poliz ekinlariga keldi.
Bu yil qovun va poliz mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistondan keltirilgani aytilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Blerust Aleksandr Lukashenkoning yaqin do‘sti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qovunlarning eng sara urug‘larini Belarusga yuborgan. Ular Belarus rahbarining issiqxonasida yetishtirildi va birinchi natijasini ko‘rsatdi. Kuni kecha qovunlar terib olingan. Bu haqda Belarus Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumki, Aleksandr Lukashenko qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor beradi. Umuman qishloq xo‘jaligini rivojlantirish davlat rahbarining doimiy nazoratida. Bundan tashqari, Prezident shaxsan sanoatning so‘nggi tendensiyalaridan xabardor bo‘lish, texnologiyalar va yangi madaniyat turlarini sinash uchun eksperimentlar o‘tkazmoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatda Belarus va Tojikiston do‘stlik bog‘i ham tashkil etilgan bo‘lib, uni Lukashenkoning o‘zi bilvosita kuzatib kelmoqda. Bu yerga 6 ming tup o‘rik, gilos, olma va eng sara uzum ko‘chatlari ekilgan. Ular Markaziy Osiyo mintaqasidan olib kelingan.
So‘nggi kunlarda prezident dalalarida turli xil kartoshka navlarini yig‘ish boshlandi. Bu jarayonda Belarus rahbari ham ishtirok etmoqda. Davlat ishida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan rahbarlar ham galstuklarni tashlab, kartoshka terimida qatnashmoqda. Mamlakatda bu yil kartoshka hosili haqiqatan ham muvaffaqiyatli bo‘lgan. Ayni vaqtgacha ekinzorlardan 120 tonnadan ko‘proq hosil yig‘ib olingan.
LiveBarchasi