Lukashenko xokkey o‘yini vaqtida jarohat oldi (video)
Olam
−
11:15 3443 1 daqiqa
Belaruslik Aleksandr Lukashenko Minskdagi “Olimpik-Arena”da bo‘lib o‘tgan xokkey o‘yini chog‘ida yiqilib tushdi. Uning orqa mushaklarida cho‘zilish aniqlangan. U o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qildi.
“Oddiy ishchi holat: o‘zingniklarni ur, shunda begona qo‘rqadi. Hammasi joyida. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapman”, dedi Lukashenko.
Lukashenkoning jamoasi Brest viloyati xokkeychilariga qarshi maydonga tushgan. Aleksandr Lukashenko jamoadoshi Yaroslav Chupris bilan to‘qnashib ketgan, u orqasi bilan harakatlanayotgan bo‘lgan. O‘yin 5:5 hisobida durang bilan yakunlangan.
71 yoshli Aleksandr Lukashenko xokkeyni havaskorlar darajasida o‘ynaydi. 2021 yil dekabr oyida u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bir jamoada o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Lukashenko va Putinning jamoasi 18:7 hisobida g‘alaba qozongan. Putin yetti shayba urib kiritgan, Lukashenko – ikkita, uning o‘g‘li Nikolay esa to‘rtta shayba kiritgan.
2022 yil aprel oyida havaskorlar o‘rtasidagi Respublika musobaqasi vaqtida Lukashenkoning yuziga xokkey tayog‘i tegib ketgan. Shu yil bahorida esa uning jamoasi Respublika xokkey ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Live
Barchasi