Lukashenko qaysi davlatlar Yevropa Ittifoqini parchalamoqchiligini aytdi

Olam

image

AQSH va Buyuk Britaniya Polsha ishtirokida Yevropa Ittifoqini yo‘q qilish niyatida. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko shunday fikr bildirdi. 

“G‘arbiy chegaradagi vaziyat oson emas. Ko‘ryapsizmi, bu polshalik yaramaslar allaqachon mamlakatlar bo‘ylab yurmoqda. Kecha Moravetskiy  (Polsha Bosh vaziri — tahr.) qayerga borganiga diqqat qiling — Buyuk Britaniyaga. Ishonchim komilki, mana ko‘rasiz, bir-ikki yil ichida ular Amerika taklifi bilan Yevropa Ittifoqini yo‘q qilmoqchi”, degan Lukashenko bugun, 29 noyabr kuni harbiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda. 

Lukashenkoning ta’kidlashicha, “amerikaliklarga ular bilan teng bo‘la oladigan sheriklar kerak emas”. 

Avvalroq, Lukashenko AQSH Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ukraina va Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozidan foydalanib, urush boshlamoqchi ekanini taxmin qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Britaniya EI

Baholaganlar

392

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing