Lukashenko namoyishchilar oldiga qurol ko‘tarib keldi (video)

Olam

Kecha, 24 avgust kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning qarorgohi – Mustaqillik saroyi oldida ko‘p ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi.

Namoyish vaqtida Prezident Aleksandr Lukashenkoning rezidensiyaga kelishi ko‘pchilikda hayrat uyg‘otdi. U vertolyotda qo‘lida qurol bilan odamlar oldida paydo bo‘ldi.

Prezident Matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan Telegram kanalda e’lon qilingan videoda vertolyotdan ustida zirhli nimcha, qop-qora kiyimlar kiyib olgan holda tushgani ko‘rinadi. Qo‘lida esa qurol ko‘tarib olgan.

Ma’lumot uchun, yakshanba kuni o‘tkazilgan namoyishda taxminlarga ko‘ra, 200 ming odam qatgashgan. Ularning ba’zilari Lukashenokning ishchi qarorgohi Mustaqillik saroyi yaqinigacha yetib kelgan. Ularni harbiylardan iborat to‘siq to‘xtatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing