Lukashenko fikridan qaytdi. Unga AQSH nefti kerak emas
Olam
−
12 fevral 2020
7347AQSHdan Belorus Respublikasida joylashgan neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilmagan. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni Belarus Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Krutoy ma’lum qildi.
1 fevral kuni Aleksandr Lukashenko bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Belarusning neftga bo‘lgan ehtiyojini "raqobatbardosh narxlarda" 100% qondirish imkoniyatini e’lon qildi. Avvalroq, Belarus rahbari hukumat oldiga neft importini diversifikatsiya qilishni va import qilinadigan neftning kamida yarimini Ozarbayjon va Qozog‘istondan sotib olishni maqsad qilgandi.
Krutoyning aytishicha, 7 fevral kuni Sochidagi muzokaralardan so‘ng Lukashenko shaxsan Rossiyadan neftni jahon narxlarida yetkazib berishni talab qilgan va talabi Rossiya tomonidan qondirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Belorus va Rossiya neft savdosi bo‘yicha kelisholmay qolgan edi. Shundan so‘ng, fevral oyining boshida Belorusga tashrif buyurgan AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Belorusga o‘z neftini taklif qilib ketgan edi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi