Lukashenko BMTni keraksiz tashkilot deb atadi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Birlashgan Millatlar Tashkilotini keraksiz tashkilot deb atadi. Bu haqda u bugun, 16 fevral kuni davlat kotibi Sergey Glazev bilan uchrashuv chog‘ida gapirdi.

Uchrashuvda Lukashenko BMT muhim siyosiy masalalarni hal qila olmayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, tashkilot faoliyati ko‘plab foydasiz ishlardan iborat bo‘lib qolgan. Dunyodagi dolzarb muammolar hanuz yechimini topgani yo‘q.

Davlat rahbari Falastin va G‘azo sektoridagi vaziyatni misol qilib keltirgan. U Falastin davlatini tuzish haqida ilgari qaror qabul qilinganini, ammo bu amalda bajarilmaganini eslatgan.

“Doimiy to‘qnashuvlar, doimiy urush. BMT birorta ham mojaroni to‘xtata olgani yo‘q”, deydi Lukashenko.

Shu bilan birga, u hozirgi kunda dunyo davlatlarining barchasini birlashtira oladigan BMTga o‘xshash boshqa xalqaro tashkilot yo‘qligini ham qayd etgan.

“Biz realistmiz. Hozircha BMT o‘rnini bosa oladigan boshqa tuzilma yo‘q”, deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko kutilmaganda 227-o‘quv poligoniga tashrif buyurib, armiyaning jangovar tayyorgarligini shaxsan tekshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Belarus' Aleksandr Lukashenko Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing