Lukashenko Belarusning bo‘lajak Prezidentiga murojaat qildi 

Olam

image

Belarusda bitiruvchilarning respublika balining ochilishida mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining kelajakdagi vorisiga murojaat qildi. Bu haqda “Pul Pervogo” kanali xabar bergan.  

“Sizlardan qaysi biringizdir bu joyda mening o‘rnimda turasizlar. Biz bunga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bo‘lsa-bo‘lmasa tayyorgarlik ko‘rish kerak. Shunday ekan, avvalo mamlakat kelajagi haqida o‘ylashni o‘rganing va o‘z imijingizni saqlang, o‘z yuzingizni saqlang”, degan Lukashenko. 

Bundan tashqari, Lukashenko har doim yaxshi o‘qiganini va uning vaqtida hamma narsa “juda qattiq” bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. 

“Bugun siz o‘z yuzingizni, o‘z imijingizni shakllantirmoqdasiz. Shunday qilingki, u ertaga siz uchun ishlasin”, degan Lukashenko bitiruvchilarga murojaat qilib. 

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Belarusda ichki siyosiy muvozanat buzilgan. Buning ildizi 2020 yilning avgust oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga borib taqaladi. Saylov natijalariga ko‘ra, 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qildi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otdi va muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlandi. 

Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing