Lukashenko Belarusdan ketganlarni fuqarolikdan mahrum qilmoqchi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatni tark etib, jinoyat sodir etgan respublika fuqarolarini fuqarolikdan mahrum qilish kerakligini aytdi. Bu haqda BELTA xabar bermoqda.

“Bu odamlar o‘z vatanidan qochib, u bilan aloqalarini uzgan bo‘lsalar, Belarus fuqarosi bo‘lib qolishga loyiqmi?”, deydi Lukashenko fuqarolik va amnistiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada qonun loyihasi tayyorlangan bo‘lib, u Belarusdan chiqib ketgan va davlatga zarar yetkazadigan, jinoyat sodir etgan odamlarga taalluqlidir.

Bundan tashqari, Lukashenko fuqarolikni berish masalalariga muvozanatli va to‘g‘ri yondashish kerakligini aytib o‘tgan. U “Polyak kartasi” yoki boshqa shunga o‘xshash hujjatni olgan belaruslar bilan shug‘ullanish zarurligini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan so‘ng ko‘plab Belarus fuqarolari ruxsat etilmagan harakatlarda ishtirok etganliklari uchun jinoiy javobgarlikdan qo‘rqib, mamlakatni tark etishgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Lukashenko

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing