Lukashenko Belarusda fuqarolar urushi xavfi borligi haqida gapirdi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda namoyishchilar to‘planayotgan maydonlar mamlakatda fuqarolar urushi boshlanadigan joy bo‘lishini aytib o‘tdi.

“Minskda maqbara shaklida yodgorlik o‘rnatishning nima keragi bor? Birinchidan, maqbara va yodgorlik – bu aholiga psixologik ta’sir o‘tkazish... Radikallashish jarayoni boshlandi, bu hovlilar janjal joyiga aylanib bo‘ldi. Kimdr fashistlarning tasmasini bog‘laydi, kimdir buni yoqtirmasdan, kelib uni chavaqlaydi, janjal va to‘palon boshlanadi... Asosiy maqsad shuki bu qarama-qarshilik nuqtalari ertaga radikalizatsiya davom etganda va bu yerga chet eldan kelishganda, biznikilar bu yerni fuqarolar urushi boshlanadigan joy bo‘lishi uchun qo‘liga qurol oladi”, degan Lukashenko.

Gap shundaki, o‘tgan haftada Minskdagi shifoxonalardan birida 31 yoshli Roman Bondarenko vafot etgan. Uning o‘limiga janjal vaqti boshidan olgan jarohati sabab o‘lgan. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, 11 noyabr kuni fuqaro kiyimidagi odamlar poytaxtdagi maydonlardan biriga kelib, oq-qizil-oq rangli tasmalarni yecha boshlagan. Bondarenko ulardan nima qilayotganini so‘raganda janjal boshlangan.

Politsiya yetib kelganida Bondarenko jarohatlangan bo‘lgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam chaqirilib, erkak shifoxonaga yotqizilgan. Keyinroq vafot etgan.

Lukashenko Bondarenkoning o‘limiga munosabat bildirib, respublika Hukumatiga bu kerakmasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing