Belarus urushga tayyorlanmoqda – Lukashenko
Olam
−
02 aprel
15644Belaruslik Aleksandr Lukashenko mamlakat urushga tayyorlanayotganini, biroq Minsk jang qilmoqchi emasligini ma’lum qildi. U bu haqda bugun, 2 aprel kuni Grodno shahriga qilgan tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.
“Biz urushga tayyorlanyapmiz, men bu haqda ochiq aytaman. Agar siz tinchlikni xohlasangiz, urushga tayyorlaning – men buni o‘ylab topmadim. Bu juda to‘g‘ri aytilgan”, degan Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada tegishli bo‘linmalarning zaruriy tayyorgarligi o‘tkazilmoqda, qo‘shinlarga turli xildagi qurol-yarog‘ va texnikalar yetkazib berilmoqda. Shuningdek, Lukashenko hukumat va amaldorlarga sanksiyalar yuzasidan shikoyat qilishni ham taqiqlaganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni ham Lukashenko Belarus urushga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan edi.
LiveBarchasi