Video: Lukashenko bazmda talaba qiz bilan valsga tushdi
Olam
−
30 dekabr 2020
15244Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko yosh go‘zal qiz bilan raqsga tushayotgani aks etgan videolar tarqaldi va katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 29 dekabr kuni Mustaqillik saroyida yoshlar uchun Yangi yil bazmi tashkil qilingan. Lukashenko ham shu bazmda talaba qiz bilan raqsga tushgan.
Bazmga mamlakatning turli nuqtalaridan 314 nafar yosh yigit-qizlar taklif qilingan. Marosimja Aleksandr Lukashenko, Madaniyat va ta’lim vazirlari Anatoliy Markeviy va Igor Karpenko, Bosh vazir o‘rinbosari Igor Petrishenko ham qatnashgan.
Bundan tashqari, Lukashenko turli soha vakillariga davlat mukofotlarini topshirgan.
Bazm ishtirokchilari – universitet talabalari, umumiy o‘rta, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari. Ular orasida Prezidentning iqtidorli o‘quvchi va talabalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi stipendiatlari, turli tanlovlar, olimpiadalar va konferensiyalar g‘oliblari, ishtirokchilari va laureatlari bor.
Endi Lukashenko bilan raqsga tushgan talaba qizga kelsak. U Belarus davlat texnologiya universitetining 3-kurs talabasi Olga Petrovich. Yoshi 20 da. Olganing aytishicha, u o‘zi Prezidentni raqsga taklif qilgan.
“Men o‘zim Lukashenkoni raqsga taklif qildim. U rad qilmadim. Raqsga tushdim, bazm, tantanali muhit haqida suhbatlashdik”, degan Olga Petrovich.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Olga Petrovich shu yil “Miss Belarus” tanlovida ishtirok etgan. Ammo tanlov koronavirus sabab to‘xtatib qo‘yilgan.
LiveBarchasi