Lukashenko 250 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
Olam
−
21:43 439 2 daqiqa
Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus kompaniyalaridan AQSH sanksiyalarini olib tashlash evaziga 250 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror AQSH maxsus vakili bilan uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan. Bu haqda bugun, 19 mart kuni BelTA xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlar uchun hukm qilingan 250 nafar shaxsni afv etgan.
“Davlat rahbari, an’anaga ko‘ra, birinchi navbatda insonparvarlik tamoyiliga amal qildi. Shuningdek, mahkumlarning onalari, rafiqalari va yaqinlaridan kelgan murojaatlarni ham e’tiborga oldi”, deyiladi Belarus rezidenti matbuot xizmati xabarida.
Mahkama, shuningdek, “davlat ularga hayotda yangi sahifa ochish huquqini bermoqda”, deya qo‘shimcha qilgan.
Bungacha Lukashenko maxsus vakil Jon Koul boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgan.
“Kris (Amerika tomoni muzokarachilaridan biri — AQSH Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari Kristofer Smit) qattiq nazorat qilayotgan muammodan qayerga ham qochardik. Bular “siyosiy mahbuslar” deb ataladiganlar. Garchi men doim bizda siyosiy moddalar yo‘qligini va hech qanday siyosiy mahbuslar mavjud emasligini uqtirib kelsam-da. Faqat qonunbuzarlar bor.
Lekin biz siz bilan bu muammoni sirtdan, yozishmalar orqali muhokama qilgan edik. O‘ylaymanki, asosan, biz ma’lum bir to‘xtamga keldik. Belarus tomoni siz bilan erishilgan kelishuvlarimizga amal qilishga tayyor. Menimcha, bu borada va kun tartibimizdagi boshqa masalalar bo‘yicha alohida muammolar bo‘lmaydi”, deydi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarusda 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridagi sobiq nomzod Viktor Babariko, uning saylov shtabi rahbari Mariya Kolesnikova hamda Nobel mukofoti sovrindori, huquq himoyachisi Ales Belyatskiy bilan birga yuzdan ortiq siyosiy mahbusni ozod qilgandi.
Live
Barchasi