Lukashenko har qanday qiyinchilikda Putinning yonida turishini aytdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Belarusning ittifoqchisi, Minsk har qanday qiyinchiliklarda ham u bilan birga bo‘ladi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko so‘z ochdi. 

“Siz bu mintaqada, jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan nimalar sodir bo‘layotganidan yaxshi xabardorsiz. Siz bizning prinsipial pozitsiyamizni bilishingiz kerak: Rossiya bizning ittifoqchimiz, ishonchli ittifoqchimiz. Biz doimo Rossiya bilan birga bo‘lganmiz va har qanday vaziyatda, har qanday qiyinchilikda ham u bilan bo‘lamiz”, degan Lukashenko Pokistonning Belarusdagi elchisi Sajad Haydar Xon bilan uchrashuvda. 

Shu bilan birga, Lukashenko Minsk Ukrainadagi “mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori” ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, u “Belarus xalqi hech qanday urush, mojaro va qarama-qarshilikni qabul qilmasligini” aytgan. 

Avvalroq, Lukashenko Belarus ishtirokisiz Rossiya-Ukraina o‘rtasida muzokaralar olib borilishi mumkin emasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing