Lukashenkoning yangi elchisi Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi
Jamiyat
−
08 fevral
1700Bugun, 8 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarusning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksandr Ogorodnikovdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Birinchi navbatda, vazir Ogorodnikovni O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchi lavozimiga tayinlangani bilan qutlagan.
“Aleksandr Ogorodnikov janoblarini Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaymiz”, deya yozgan vazir.
Shuningdek, u yangi elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgani va ikki o‘rtada kelajakdagi rejalar muhokama qilinganini ham bildirgan.
“Bugun Tashqi ishlar vazirligida elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik hamda hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik”, deya yozadi Saidov.
Qolaversa, vazir Ogorodnikovga O‘zbekistondagi yangi diplomatik missiyasiga muvaffaqiyatlar tilagan.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Ogorodnikov 1970 yilda tug‘ilgan. 1993 yilda Minsk radiotexnika institutini “Mikroelektronika va yarimo‘tkazgichli qurilmalar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, 2007 yilda Belarus davlat iqtisodiyot universitetida “Iqtisodiyot va xalq xo‘jaligini boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 yanvar kuni Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga yangi elchi etib Aleksandr Ogorodnikovni tayinlagandi. Shuningdek, Lukashenko yangi elchiga O‘zbekistonda ham Qozog‘istondagi kabi siyosat olib borilishi kerakligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


