Pokiston ham O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Mudassir Tipuning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi mexanizmlarni faollashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishni ustuvor vazifalar sifatida qayd etgan.

Uchrashuv yakunida Baxtiyor Saidov yangi elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish yo‘lida yaqin va samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev farmoni bilan Yerali Tug‘janov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziyaning mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Rafeda binti Abdul Azizning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing