Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
22 iyul 1105 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziyaning mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Rafeda binti Abdul Azizning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. Tomonlar so‘nggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etgan.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda turli sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuv yakunida Baxtiyor Saidov yangi elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev farmoni bilan Yerali Tug‘janov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan edi.
Live
Barchasi