Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 22 iyul kuni mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi. Bu haqda “Aqorda” xabar berdi.

To‘qayevning bugun, 22 iyuldagi farmoni bilan Yerali Tug‘janov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan.

Yerali Tug‘janov 1963 yil 13 may kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida tug‘ilgan. U 1988 yilda Qarag‘anda davlat universitetini, 1994 yilda esa Qozog‘iston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tamomlagan. Yerali Tug‘janov huquq fanlari nomzodi va siyosatshunoslik doktori.

U mehnat faoliyatini 1980 yilda o‘rmon xo‘jaligida ishchi sifatida boshlagan. Keyinchalik Qarag‘anda davlat universitetida o‘qituvchi, Qozog‘iston davlat yuridik universitetida dekan va institut direktori lavozimlarida ishlagan.

2001–2006 yillarda Qarag‘anda viloyati hokimi o‘rinbosari, 2006–2008 yillarda Adliya vazirligining Din ishlari qo‘mitasi raisi, 2008–2017 yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Qozog‘iston Xalqlari assambleyasi raisi o‘rinbosari va kotibiyati rahbari bo‘lgan.

2017–2019 yillarda Mang‘istau viloyati hokimi, 2019–2020 yillarda Qozog‘iston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi lavozimida ishlagan. 2020–2022 yillarda Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, 2022–2023 yillarda esa Aqto‘be viloyati hokimi bo‘lgan. 2024 yil may oyidan boshlab Qozog‘iston Bosh vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing