Lukaku Ronaldoning rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 3 yanvar kuni “Inter” xujumchisi Romelu Lukaku A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan “Krotone”ga qarshi bahsda gol kiritdi. Natijada belgiyalik forvard braziliyalik Ronaldoning rekordini yangiladi. Bu haqda “Squawka” nashri yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 27 yoshli Lukakuning kechagi goli “neradzurri” safida barcha turnirlar doirasida kiritgan 50-goli bo‘lgan. Bu natija uchun Romeluga 70 ta o‘yin yetarli bo‘ldi va shu orqali u klub tarixida 50 ta gol uchun eng kam o‘yin sarflagan o‘yinchiga aylanib, 77 ta o‘yin sarflagan Ronaldoning rekordini yangilagan.

 

Ma’lumot o‘rnida, Romelu Lukaku 2019 yilning yozgi transferlari vaqtida 80 million yevro evaziga Angliyaning “Manchester Yunayted” klubidan Italiyaning “Inter” klubiga o‘tgan edi. Belgiyalikning Milan shahri jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

rekord Inter Lukaku Ronaldo

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing