Luish Figu “Oltin to‘p”ga kim munosib ekanligini aytdi
Sport
−
28 mart 2019
7226“O‘ylashimcha, Serxio Ramos “Oltin to‘p”ga munosib. Himoyachi va darvozabonlar bu sovrinlarni qo‘lga kiritishi biroz qiyin. Lekin bu ishni Fabio Kannavaro uddalagan edi. Hammasi hozirgi vaziyat va mavsumga bog‘liq. Biroq faqat mahorat darajasi bilan baholaydigan bo‘lsak, Ramos bu sovrinni olishi kerak”, deb aytib o‘tgan “Real”ning sobiq futbolchisi Figu Marca nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun futbol tarixda faqat to‘rt himoyachi “Oltin to‘p” bilan taqdirlangan. Ular – Frans Bekkenbauer, Mattias Zammer, Lotar Matteus va Fabio Kannavaro.