Luish Figu 6 km balandlikda futbol o‘ynab, rekord o‘rnatdi (video)
Sport
−
27 Sentabr 2022
5145Portugaliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubining sobiq futbolchisi afsonaviy Luish Figu 6 km balandlikda futbol o‘ynab, bu borada yangi rekord o‘rnatilishida ishtirok etdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
49 yoshli sobiq hujumchi boshqa futbolchilar qatori 6166 metr balandlikda nol tortishish kuchida o‘tkazilgan o‘yinda ishtirok etgan. Figudan tashqari jamoalar tarkibiga Yaqin Sharq, Yevropa va Lotin Amerikasidan yetti kishi kiritilgan. Uchrashuv samolyot ichida maxsus o‘rnatilgan 75 kvadrat metr maydonda bo‘lib o‘tgan. Shu tariqa, Ginnesning rekordlar kitobiga eng yuqori balandlikda nol tortishish kuchi sharoitida futbol o‘ynash rekordini kiritilgan.
Qayd etilishicha, portugaliyalik sobiq futbolchi uchrashuvda kiritilgan gollardan biriga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, Figu professional faoliyati davomida “Barselona”, “Real”, “Inter” kabi nomdor klublarda to‘p tepgan.
LiveBarchasi