YeCHLda qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi? Figu javob berdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Luish Figu Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar nomini aytdi.

“Kim Chempionlar Ligasida g‘olib chiqadi? Menimcha, PSJ. Jamoa a’lo darajadagi jismoniy holatda va barqaror natijalar ko‘rsatmoqda. Lekin o‘zimni aniq prognoz berishga tayyor emasligimni his qilib turibman, shuning uchun aniq bir narsa deyish qiyin”, deydi Figu.

Chempionlar ligasi yarim finalida PSJ Londonning “Arsenal” jamoasiga, “Barselona” esa Milanning “Inter” klubiga qarshi bahs olib boradi.

5 aprel kuni PSJ Fransiya 1-ligasining oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Parijliklar qatorasiga to‘rtinchi bor Fransiya chempioni bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Evropa Chempionlar ligasi Luish Figu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing