Luis Suares “Yuventus” bilan kelishib oldi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Yuventus” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Endi tomonlar urugvaylik futbolchi va kataloniyaliklar o‘rtasidagi shartnomaning buzilishini kutadi.

Luis Suares “Barselona”ga 2014 yilda “Liverpul”dan 82 mln yevro evaziga o‘tgandi. Amaldagi shartnoma 2020-2021 mavsumi tugaguncha mo‘ljallangan. Ammo yangi bosh murabbi Ronald Kuman urugvaylikning xizmatidan foydalanmoqchi emas.

Jamoa Suares bilan shartnomani muddatidan avval tugatishga tayyor. Chunki uning transfer narxi ko‘pchilik xaridorlarni cho‘chitib yuboradi. Transfermarkt portali 33 yoshli hujumchini 28 mln yevroga baholadi.

2019-2020 mavsumda hujumchi "Barselona" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 12 ta golli pas amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Luis Suares

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing