Lukashenko Belarusda namoyishlar tinmayotganida Rossiyani aybladi

Olam

image

Belarusdagi norozilik namoyishlari koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopib qo‘yilgani uchun cho‘zilyapti. Bu haqda Belarus Prezideti Aleksandr Lukashenko jurnalist Naile Askarzoda bilan intervyuda aytib o‘tgan.

Lukashenko Belarusda prezidentlik saylovlaridan keyin ilk bor namoyishlar o‘tkazilmayotganini ta’kidladi.

“Mashinalarni ag‘darish, GAI avtomobillarini yoqish, 2010 yilda Hukumat uyi shturm qilingandi. Bizda haqiqatan Hukumat uyi shturm qilingandi. Yo‘q, bunga o‘rganolmaysan, ammo bu fakt”, degan u.

Uning fikricha, Belarusda avvalgi saylov natijalari bilan taqqoslaganda hech qanday favqulodda holat yuz bermagan. Ammo ancha cho‘zilib ketgan.

“Negaki, hatto sizlar chegarani yopib qo‘yingiz. Rossiyada ishlagan bir necha ming kishini siz “siqib chiqardingiz”, ular bu yerda qoldi, ammo ishlashni xohlamayapti. Men sizni tanqid qilmayyapman, shunchaki noroziliklarning cho‘zilishiga sabab bo‘lgan ob’ektiv sababni aytyapman”, deydi Prezident.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda ketma-ket beshinchi oy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ular Respublika Markaziy saylov komissiyasi Aleksandr Lukashenkoni 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb e’lon qilganidan keyin boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing