Lorenso Insine: “Shifokorlar jamoasiga muxlislik qilamiz”

Sport

image

Italiyaning "Napoli" klubi futbolchisi Lorenso Insine italiyaliklarni shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Barchamiz bitta jamoaga muxlislik qilishimiz va ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Italiya aholisiga murojaat qilmoqchiman, hammamiz shifokorlarga muxlislik qilaylik. Biz bir jamoamiz", deb yozgan Lorenso Insine o‘zining Twitter'dagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar 246 467 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 10 050 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 88 486 nafar bemor kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi sabab futbol bo‘yicha barcha musobaqalar noma’lum muddatga to‘xtatilgani, Yevro-2020 turniri 2021 yilning yoz oyiga ko‘chirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Italiya Koronavirus Lorentso Insin'e

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing