Londonning ikki grandi bir futbolchiga qiziqmoqda

Sport

image

Londonning ikki klubi “Arsenal” va “Tottenxem” Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi yarim himoyachisi Pablo Fornalsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Express nashri xabar tarqatdi.

Avvalroq, futbolchiga asosiy davogar Italiyaning “Napoli” klubi edi. Italiya matbuotida yozilishicha futbolchi allaqachon neapolliklar bilan kelishuvga erishgan. Biroq, Angliya grandlarining qiziqishi futbolchining rejalarini o‘zgartirib yuborib, Angliyaga ko‘chib o‘tishga sabab bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda futbolchi “Vilyarreal” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va sheriklariga besh marotaba golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Tottenxem Pablo Fornals

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing