Londonlik bemor: Dunyoda ikkinchi odam OIVdan davolandi

Olam

image

Londonlik bemor OIV-virusidan qutulishga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi ikkinchi odam bo‘ldi. Londonning Universitet va Imperiya kolleji mutaxassislari bemorning Xodjkin limfomasini davolashda donorning noyob irsiy mutatsiyali asos hujayralaridan foydalangan. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar berdi.

“OIVga davo topish bizning orzuimiz. Bu juda qiyin va hali ko‘p ish oldinda ekanligiga qaramasdan, bu kelajakda vaksina yoki davolash orqali OITSni yo‘q qilish mumkinligiga umid beradi”, degan BMTning OIV va OITS bo‘yicha birlashgan dasturi ijrochi direktori Mishel Sidibe.

Mishel Sidibening so‘zlariga ko‘ra, maqsadga erishish uchun hali ancha harakat qilish kerak.

“Hozir profilaktika va davolashga e’tiborni kuchaytirish favqulodda muhim. Asos hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish juda qiyin va qimmat hamda qator salbiy oqibatlarga ega jarayon. Ayni vaqtda barcha OIV bilan zaharlanganlarga hujayra o‘tkazishning imkoni yo‘q. Biroq londonlik bemorning davo topishi OITS muammosi bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilarga yangi imkoniyatlar ochadi”, degan Mishel Sidibe.

Kollej mutaxassislarining ta’kidlashicha, OIV bilan asos hujayra ko‘chirib o‘tkazish orqali kurashish qimmat hamda bu usul saratonga chalinmagan bemorlarga to‘g‘ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, hozirda OIV bilan kurashning universal vositasi mavjud emas. BMTning OIV va OITS bo‘yicha birlashgan dasturi ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilda dunyoda 36,9 mln nafar bemor va 1,8 mln nafar OIVni yuqtirganlar qayd etilgan. Shulardan 21,7 mln nafari davolanish kursidan o‘tgan. O‘sha yili million kishi OIV sabab vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

OIV BMT virus

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing