Londonda Ukraina tarafdorlari namoyish uyushtirdi (video)
Olam
−
24 fevral 2023
9436Kecha, 23 fevral kuni Buyuk Britaniya poytaxti Londonda Rossiya-Ukraina urushiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Erta tongda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Londondagi Rossiya elchixonasi oldiga sariq va ko‘k bo‘yoqlar to‘kib tashlandi. Bu haqda “MyLondon” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu aksiya “Eshaklar boshchiligida” nomli saylovoldi guruhi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 360 litr bo‘yoq yo‘lning qatnov qismlari va avtomobil shinalariga sepib chiqilgan. Shuningdek, bu jarayonda namoyishchilar ko‘cha bo‘ylab ukrain qo‘shig‘ini xirgoya qilib harakatlangan.
Bu voqeadan so‘ng London huquq-tartibot idorasi xodimlari guruhning 4 ta yetakchisini gumondor sifatida qo‘lga olgan. Ular qasddan zarar yetkazish va yo‘l harakatiga to‘sqinlik qilishda gumon qilinmoqda.
Guruh a’zolarining ta’kidlashicha, bu bo‘yoq yuqori sifatli, zararsiz, ekologik toza, tez quriydi va uni o‘chirish qiyin emas.
Namoyish guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda tomosha haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Ular “Ukrainada urushni tugatish kerak” xeshtegi bilan bo‘yalgan ko‘cha aks etgan video va fotosuratlarini o‘z sahifalariga joylagan.
Umida Muxtorbekova
LiveBarchasi