Londonda toj kiyish kuni namoyishchilar miting o‘tkazdi (video)
Olam
−
06 may 2023
11020Bugun, 6 may kuni Londonda Qirol Charlz III ning toj kiyish marosimi bo‘lib o‘tayotgan bir paytda Britaniyadagi monarxiyaga qarshi bo‘lgan “Respublika” harakati tarafdorlari va a’zolari miting o‘tkazdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Men irsiy monarxiyaga ishonmayman va menimcha, ko‘p odamlar qiynalayotgan, iqtisod tanazzulga yuz tutayotgan va davlat xizmatlari dahshatli tus olgan davrda biz Charlz va uning katta bazmiga emas, balki shu narsalarga investitsiya qilishimiz kerak”, deydi namoyishlarda qatnashayotgan britaniyalik o‘qituvchi Kolin Dear.
1983 yilda tashkil etilgan “Respublika” guruhi Charlzning taxtga o‘tirishini Buyuk Britaniyada monarxiyani tugatish uchun eng yaxshi imkoniyat deb hisoblamoqda. Uning rahbari Grem Smit esa sariq ko‘ylak kiygan 1000 dan ortiq odam 6 may kuni norozilik namoyishiga qo‘shilishini, ular plakat ko‘tarib, nutq so‘zlashini aytgan. Biroq u rasmiy marosim boshlanishi arafasida hibsga olingan.
Shunga qaramasdan, namoyishchilar asosan Trafalgar maydonida to‘plangan. Vestminister abbatligidagi toj kiyish marosimida har safar “Yashasin Qirol” mathi yangarganda, Trafalgar maydonidagi namoyishchilar “mening qirolim emas” deya hayqirgan. Miting uchun Trafalgar maydonining tanlanishida ham ramziy ma’no bor. U yerda 1649 yilda boshi tanasidan judo qilingan qirol Charlz I ning haykali bor. Qirol qatl etilgach, mamlakat qisqa muddat respublika tuzimiga o‘tgan va 1660 yilda Charlz II ning hokimyatga kelishi bilan monarxiya qayta tiklangan. Bugun esa Charlz III rasman taxtga chiqdi.
LiveBarchasi