Londonda “Real”, Myunxenda “Bavariya” taslim etildi
Sport
−
09 aprel
40639 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi chorak final ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Arsenal” o‘z uyida “Real Madrid”ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgani bo‘lsa, “Bavariya” o‘z uyida “Inter”ga mag‘lub bo‘ldi.
Londonda Madrid klubi mag‘lub bo‘ldi
O‘yinning birinchi taymida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymning 58-daqiqasida Deklan Rays jarima zarbasidan keyin hisobni ochdi. 70-daqiqada Raysning o‘zi yana bir bor jarima zarbasini qoyilmaqom qilib ijro etdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, ya’ni 75-daqiqada Mikel Merino hisobni yiriklashtirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda madridliklar yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Shu tariqa, dastlabki o‘yin “kanonirlar” foydasiga hal bo‘ldi. Madridda “Real” 3 ta to‘p farqini yo‘qqa chiqarishga urinib ko‘radi. Javob o‘yini 17 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Myunxenda “Bavariya” sensatsion tarzda taslim bo‘ldi
Myunxenda o‘tgan ilk o‘yinda “Bavariya” o‘z uyida kutilmaganda “Inter”ga mag‘lub bo‘ldi. O‘yinning 38-daqiqasida Lautaro Martines mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taym oxirida, ya’ni 85-daqiqaga kelibgina Tomas Myuller gol urib, hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada Frattezi milanliklarning g‘alaba golini kiritdi. Shu tariqa “Inter” mehmonda g‘alabaga erishdi. Klublar o‘rtasidagi javob o‘yini 17 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.