London Ukrainaga ko‘p million dollarlik qurol-yarog‘ krediti berdi

Olam

image

Buyuk Britaniya G7ning Ukraina uchun favqulodda daromadlarni tezlashtirish kreditlari (ERA) dasturi doirasida Ukrainaga 752 million funt sterling (875 million yevro ekvivalenti) miqdorida ikkinchi to‘lovni amalga oshirdi. Bu haqda kecha, 14 aprel kuni Buyuk Britaniya hukumati saytida chop etilgan press-relizda aytilgan.

Qayd etilishicha, bu to‘lov 2,26 milliard funt sterling (2,63 milliard yevro miqdorida) miqdoridagi yirikroq kreditning bir qismi bo‘lib, u Yevropa Ittifoqi hududida joylashgan muzlatilgan Rossiya davlat aktivlaridan olingan rejadan tashqari daromadlar hisobidan to‘lanadi. Tegishli kelishuvni 1 mart kuni Buyuk Britaniya Moliya vaziri Reychel Rivz va Ukraina Moliya vaziri Sergey Marchenko imzoladi.

“Ushbu mablag‘ Ukrainaga muhim harbiy texnika, jumladan, zudlik bilan zarur bo‘lgan havo hujumidan mudofaa uskunalarini sotib olishga yordam beradi. Bu Rossiyaning Sumi shahrini nishonga olgan holda Ukrainaga qarshi havo hujumini davom ettirayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda”, deyiladi Britaniya hukumatining bayonotida.

Londonda ta’kidlanganidek, ajratilgan mablag‘ga sotib olingan asbob-uskunalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mablag‘lar asosan Buyuk Britaniyada sarflanadi va bu, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi va malakali ish o‘rinlari sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.

“Kuchli Ukraina Buyuk Britaniyaning milliy xavfsizligi uchun juda muhimdir va moliyalashtirishning ikkinchi qismi unga jamoaviy xavfsizligimizga hissa qo‘shish uchun eng kuchli holatda bo‘lishiga yordam beradi”, degan Reychel Rivz.

Ukraina uchun G7 favqulodda daromadlarni tezlashtirish krediti sxemasi doirasida G7 davlatlari birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun jami 50 milliard dollar ajratish niyatida.

2,26 milliard funt sterling miqdoridagi Buyuk Britaniya krediti uchta transhga bo‘lingan. Ulardan birinchisini Ukraina joriy yilning 6 mart kuni qabul qilgan, oxirgisi 2026 yilda Kiyevga yuborilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15-16 aprel kunlari Turkiya poytaxti Anqara shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari vakillarining Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya G7 qurol-yarog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing