London markaziga Garri Potter haykali qo‘yildi
Olam
−
01 Oktabr 2020 7595 1 daqiqa
London markazidagi Lester maydoniga ingliz yozuvchisi Joan Roulingning kitobi qahramoni Garri Potter haykali qo‘yildi. Haykalda aktyor Deniyel Redkliff ijrosidagi Potter qahramonining supurgida uchayotgani tasvirlangan.
Bronzadan yasalgan haykal yana sakkizta taniqli kino qahramonlari haykallariga hamrohlik qiladi. Uning “qo‘shni”lari qatorida Meri Poppins, ayiq Paddington, Janob Bin hamda Betmenlarni ko‘rish mumkin.
Lester maydonida ikkita mashhur, katta ekranli kinoteatrlar ham bor. Ulardan birida, 2001 yilning kuzida Potter filmlarining birinchisi – “Garri Potter va afsunlar toshi” premerasi o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, haykalda Redkliff ijrosidagi Potterning 11 yoshidagi holati aks etgan. Sehrgar bola kviddich o‘yini uchun kiyiladigan kiyimda tasvirlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr