London Isroilga yordam berishga tayyor – Starmer
Olam
−
07 Oktabr
4237Buyuk Britaniya har doim Isroilga o‘z hududidagi raketa hujumlarini qaytarishda yordam berishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda bosh vazir Kir Starmer Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasida so‘z ochdi.
"Bu biz Isroilga ko‘rsatgan yordam va kelajakda unga doimo tayyor bo‘lamiz", dedi hukumat rahbari.
Shuningdek, u Britaniyaning Isroilga qurol eksportiga joriy qisman embargoni uzaytirish maqsadga muvofiq emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakat Isroilning Eronniki kabi hujumlarni qaytarish uchun zarur bo‘lgan mudofaa qurollarini olishiga to‘sqinlik qiladi.
“Eronning harakatlari mudofaa xarakteriga ega emas va terrorchilik tashkiloti rahbarining o‘limiga javoban kuchayishga olib keladigan tajovuzkorlik harakatini ifodalaydi” dedi Starmer.
Livandagi “Hizbulloh” harakati, uning rahbari Hasan Nasrulloh 27 sentyabr kuni Isroilning Bayrutga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lgan. 1 oktyabr kuni Eron Isroilga raketa hujumi uyushtirdi va buni Nasrullohning o‘limi uchun javob deb atadi. Buyuk Britaniyada “Hizbulloh” terrorchi guruh deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Buyuk Britaniya hukumati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berish bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirishdan bosh tortgandi. Keyingi oyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashishdan bosh tortgandi.
LiveBarchasi