Lomachenko to‘liq davom etgan jangda Kommini mag‘lub etdi
Sport
−
12 dekabr 2021
2990Bugun, 12 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Madison Square Garden” sport arenasida professional yuoksning uch vazn toifasi sobiq chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko (15-2) ganalik Richard Kommi (30-3) ustidan g‘alaba qozondi.
Yengil vazn toifasida qit’alararo Jahon chempioni unvoni uchun to‘liq 12 raund davom etgan jang 33 yoshli Lomachenkoning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yettinchi raundda Loma Kommini nokdaun holatiga tushirdi, ammo ganalik bokschi bahsni davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, superog‘ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO va IBO chempionlik kamarlari sohibi, Aleksandr Usik yaqin do‘sti “xay-tek”ning jangni bevosita arenadan kuzatib bordi.
Ma’lumot uchun, Kommi amerikalik Teofimo Lopes (16-1) bilan jang qilgan va IBF kamaridan mahrum bo‘lgan. Lomachenko ham Lopes bilan kechgan mutlaq chempionlik jangida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Ushbu vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni avstraliyalik Jorj Kambosos hisoblanadi.
LiveBarchasi