Lomachenko Usik va Joshua jangi uchun o‘z tahminini aytdi

Sport

image

Uch yo‘nalish bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenko og‘ir vazn toifasida WVA, WVO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua hamda og‘ir vazn toifasining sobiq mutlaq chempioni Oleksandr Usik o‘rtasidagi jang haqida o‘z tahminini bildirdi.

“Oleksandrda g‘alaba qozonish uchun juda yaxshi imkoniyat bor, lekin bu oson bo‘lmaydi, chunki Joshua ham ringda nima qilish kerakligini yaxshi biladi. U havaskor boks tajribasiga ham ega. Juda qiziqarli jang bo‘ladi. Bu bahsda uslublar qarama-qarshiligini kuzatamiz”, deydi Lomachenko.

Entoni Joshua va Oleksandr Usik o‘rtasidagi chempionlik jangi joriy yilning 25 sentyabr kuni Londondagi “Tottenxem” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, ukrainalik Vasiliy Lomachenko havaskor boksda 2008 va 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2020 yilda professional boksning yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempionligi uchun kechgan jangda amerikalik Teofimo Lopesga imkoniyatni boy berib, o‘zining WBA, WBO va WBC franchise kamarlarini boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA Entoni Joshua IBF WBO IBO Prof boks Vasiliy Lomachenko Oleksandr Usik

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing