Lomachenko navbatdagi jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum

Sport

image

“Top Rank” promouterlik kompaniyasi uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko va ganalik Richard Kommi o‘rtasidagi bahs joriy yilning 11 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi.

Bu jang 33 yoshli Loma uchun Teofimo Lopesdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi ikkinchi jang bo‘ladi. Avvalroq, Lomachenko Masayoshi Nakatani ustidan g‘alaba qozongandi.

Eslatib o‘tamiz, Kommi bilan dueldan so‘ng, Vasiliy Lomachenko Teofimo Lopesdan revansh olish uchun ringga ko‘tarilishi mumkin. Biroq, Lopes ham joriy yilning noyabr oyida Jorj Kambososdan chempionlik kamarlarini himoya qilishi kerak.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Kommi professional boksda 33 ta jang o‘tkazib, 30 ta g‘alaba qayd etgan va 3 marta mag‘lub bo‘lgan. Lomachenko hisobida esa, 15 g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor. Ularning har ikkisi Teofimo Lopesga imkoniyatni boy bergan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Boks WBA WBC WBO Jahon chempioni Lomachenko Kommi

Baholaganlar

16

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing