Lolaning litsenziyasi yo‘q, u oddiy fuqaro sifatida kuylayapti - “O‘zbekkonsert” Lolaning klipiga munosabat bildirdi

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning klipi ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan edi. Ijoddan uzilgan xonanda “Sevgingni ayt menga” qo‘shig‘i va unga ishlangan klip bilan qaytish qildi. E’tiborlisi shundaki, klip shunchaki shou-biznesning navbatdagi mahsuli emas, balki so‘z erkinligi, byurokratiya va jamiyatdagi taqiqlarga qarshi boykot sifatida qabul qilindi. 

Ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan va o‘zbek jamiyatidagi ayrim holatlarni o‘zida aks ettirgan ushbu videoklipga bugun, 27 noyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Madaniyat vazirligi mutasaddilari bilan o‘tgan Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov quyidagicha izoh berdi:

“Biz bu borada sizlarga aniq ma’lumot bermoqchi edik. Birinchidan, Lola faqat fuqaro sifatida klip chiqardi desak ham bo‘ladi. Chunki qonuniy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, Lolaning litsenziyasi 2018 yil 29 avgustda tugagan. O‘shandan so‘ng u litsenziya olib faoliyat yuritmadi. U oddiy O‘zbekiston fuqarosi sifatida klip chiqardi, xolos. Klip chiqqanidan ertasiga Lola Instagram’dagi shaxsiy sahifasida “klip voqealaridagi ma’lumot 5 yil oldingi holat bo‘yicha” degan mazmundagi izoh qoldirdi. 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan kliplar bu tarzda qabul qilinmaydi. Bunday kengash faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmagan. Ikkinchi klipining oxirida ham ko‘rgan bo‘lsangiz, “litsenziya berildi” deyilgan, ammo biz klipni ko‘rib litsenziya bermaymiz.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekkontsert Nihol Lola

Baholaganlar

1126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing