Shifoxonada otishma: 6 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
10 dekabr 2019 7937 1 daqiqa
Chexiya Respublikasining shimoliy-sharqida joylashgan Ostrava shahridagi shifoxonalardan birida noma’lum shaxs to‘pponchadan o‘y uzdi. Natijada 6 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Yan Gamachek ma’lum qilmoqda.
“Otishma natijasida qurbon bo‘lganlar shifoxona qabulxonasida kutayotgan bemorlar bo‘lgan. Yaxshiyamki qurbonlarning soni oz. Ammo yaradorlarimiz ham bor. Men bugungi rejalarni butkul bekor qildim. Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirlari bilan muloqot qildim. Ostravaga ketyapman”, deydi bosh vazir. Uning qayd etishicha, hozircha, Xavfsizlik Kengashini chaqirishga ehtiyoj yo‘q.

Politsiya ayni vaqtda gumonlanuvchini qidirmoqda. U erkak kishi bo‘lib, bo‘yicha o‘rtacha 180 sm bo‘lgani aytiladi. Erkak qizil rangdagi kurtkada bo‘lgan. Ayni vaqtda shifoxona atrofi o‘rab olingan.

Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust