Lola Karimova birinchi marta o‘ziga tegishli biznesni ochiqladi
Jamiyat
−
02 dekabr 2019
40450O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayeva AQSHda “The harmonist” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan atirlar o‘ziga tegishliligini ma’lum qildi. U sahifasida shunday yozadi.
"Bizning sezgilarimiz atrofdagi olamni teran anglab, his etib yashashda bizga yordam beradi. Sezgilarimiz orqali hayotni o‘zgacha anglaymiz. Har bir sezgining ma’lum bir vazifalari mavjud va iforni anglash sezgisi olamning ta’mini his etishga ko‘maklashadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Har bir xushbuy ifor o‘ziga xos muvozanatga ega bo‘lishi lozim, o‘shanda biz uni, xuddi bir mazali taom kabi, qayta va qayta tatib ko‘rgimiz kelaveradi.
“The Harmonist” atirlar uyi tomonidan yaratilgan iforlar o‘zigagina xos joziba va nafosatga ega. Ushbu atirlarni dunyoning eng mashhur parfyumerlaridan biri bo‘lmish Giyom Flavini bilan hamkorlikda yaratganmiz. Har bir ifor o‘ziga xos ma’no-mazmunga ega va ularga burkanar ekanmiz, xuddi o‘zgacha olamga kirgandek bo‘lamiz".
Birinchi Prezidentning kenja qizi bugungacha o‘ziga oid bizneslarni ochiqlamagan. Bir vaqtlarda Toshkentdagi Abu-sahiy bozori Karimova xonim va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayevniki ekani ko‘rib kelingan. Bir qator bizneslar, kafe va restoranlar sohibi bo‘lgan Karimova katta maydonda madaniyat va san’at, sport loyihalari homiysi, xayriya fondlari asoschisi sifatida ko‘rib kelingan.
Islom Karimov vafotidan so‘ng oilasi bilan mamlakatni tark etgan Karimova-Tillyayeva ayni vaqtda AQSHda istiqomat qilib kelmoqda.
LiveBarchasi