“Lokomotiv” klubiga yangi murabbiy tayinlandi
Sport
−
05 iyun 2024 4763 1 daqiqa
Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin Toshkentning “Lokomotiv” klubi ustoziga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Krestinin 2019 yil Osiyo kubogiga o‘z tarixida birinchi bor Qirg‘iziston terma jamoasini olib chiqqani va Toshkentning “Bunyodkor“ klubidagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish.
“Mavsum boshidan jamoamizni boshqarib kelgan Yorqin Nazarovning klub tizimida qolib, boshqa lavozimga tayinlanishi ham klub rejasidan o‘rin olgan. Aleksandr Krestinin bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng murabbiylar shtabida kimlar bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot beramiz”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, 45 yoshli mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning bir qator klublarida to‘p tepgan. Murabbiylik faoliyatida esa Qirg‘izistonning “Neftchi” va “Dordoy” klublariga ustozlik qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025