“Lokomotiv”ning rossiyalik murabbiyi iste’foga chiqarildi
Sport
−
05 noyabr
2108Toshkentning “Lokomotiv” klubi ustozi Aleksandr Krestinin jamoa murabbiyligidan ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Superliganing oxirgi turlarida ro‘y bergan qoniqarsiz natijalar sabab Krestinin ishdan olingan. Krestinin bilan birga unga yordam bergan murabbiylar – Aleksandr Perov, Igor Kudrenko va Marko Bayich ham o‘z lavozimlarini tark etdi.
“Oxirgi turlardagi ketma-ket 5 ta mag‘lubiyat rossiyalik murabbiy iste’fosiga sabab bo‘ldi. Aleksandr Sergeyevichning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” Krestinin qo‘l ostida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor g‘alaba qozondi, 3 marta durang o‘ynab, 8 ta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.
Qayd etish joiz, hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan temiryo‘lchilar ustozi bo‘lishi kutilmoqda.