“Nasaf” muddatidan avval O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Sport
−
01 noyabr
6937Bugun, 1 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘yinlari davom ettirildi. Tur doirasida Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 1-bo‘limida qator vaziyatlar yuzaga keltirilgan bo‘lsa ham, hisob ochilmadi. 1-taym faqatgina “temiryo‘lchilar” a’zosi Ivan Rogachning hakam tomonidan o‘yindan chetlatilishi bilan esda qoldi.
2-bo‘limning 73-daqiqasida qarshiliklarning hujumini Akmal Mozgovoy gol bilan yakunladi. Futbolchi jamoadoshining uzatmasini qaychi uslubida “Lokomotiv” darvozasiga yo‘llab, o‘yindagi yagona golni kiritdi.
Shunday qilib, “Nasaf” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritib, Toshkent klublarining chempionatdagi 22 yillik gegemoniyasiga barham berdi.
LiveBarchasi