“Lokomotiv”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image

"Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati asosiy jamoaga ko‘pchilikka yaxshi tanish Andrey Fyodorovni bosh murabbiy etib tayinladi.

Ma’lumki, ushbu mavsum yakuniga yetgach Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Xitoy klubidan tushgan taklif tufayli "Lokomotiv"ni tark etishdi.

Bu orada klub rahbariyati bir nechta murabbiylar bilan muzokara olib borib, yakunda Andrey Fyodorov variantiga to‘xtaldi. "Temiryo‘lchilar" 2019 yilgi futbol mavsumini aynan Andrey Vitalevich qo‘l ostida boshlab, dastlab O‘zbekiston Superkubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi, shuningdek Osiyo chempionlar ligasidagi guruh o‘yinlarini to‘liq Fyodorov qo‘l ostida o‘tkazishdi.

"Lokomotiv" Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchragach, Fyodorov iste’foga chiqarilgandi. Bundan buyon jamoani yana O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Andrey Fyodorov boshqaradi. Andrey Vitalevichga yordam beradigan murabbiylar shtabi klub tomonidan rasman e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lokomotiv bosh murabbiy

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing